Futbol: Jasur Yaxshiboyev faoliyatini Eronda davom ettiradi
212

2017-2020 yillar davomida 23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi, 2018-2023 yillar milliy terma jamoamizning yarim himoyachisi bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev kelgusi faoliyatini Eronda davom ettiradigan bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachimiz Eronning “Nassoji Mazandaran” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Shartnoma “0.5+1” formatida tuzilgan bo‘lib, Yaxshiboyev joriy mavsum oxirigacha va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan Eron futbol klubida faoliyat yuritadi.
Aytish lozim, J.Yaxshiboyev o‘tgan mavsumni Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida o‘tkazdi. U mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta golga mualliflik qildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA