Kutubxona – ma’naviyat maskani

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumta’lim maktablarining kutubxonachilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
Asosiy maqsad – ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirish, maktablardagi kutubxonalarning ahamiyatini oshirish hamda yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishdan iborat. Shuningdek, yig‘ilishda kutubxonachilarning faoliyatini takomillashtirish, ularni zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va kutubxona ishini yanada jonlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Tadbir davomida kutubxonachilar o‘z tajribalari, kitobxonlikni rivojlantirishga oid innovatsion yondashuvlar, yangi loyihalar hamda amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga kutubxona ishini rivojlantirish, o‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish va zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur yig‘ilish maktab kutubxonalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, kutubxonachilarni ilmiy va metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri