Bugun YeCHL pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi

177

Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi 8-tur bahslari bugun, 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 30 yanvarga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Unda “Manchester Siti” – “Bryugge”, “Yang Boyz” – “Srvena Zvezda”, “Sporting” – “Bolonya”, “Lill” – “Feyenoord”,  “Dinamo Zagreb” – “Milan”, “Jirona” – “Arsenal”, “Yuventus” – “Benfika”, “Shtutgart” – “PSJ”, “Zalsburg” – “Atletiko Madrid”, “Bayer” – “Sparta Praga”, “PSV” – “Liverpul”, “Brest” – “Real Madrid”,  “Barselona” – “Atalanta”,  “Borussiya D” – “Shaxtyor Donetsk”, “Shturm” – “RB Leypsig”, “Bavariya” – “Slovan Br”, “Inter” – “Monako”, “Aston Villa” – “Seltik” klublari o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasining yangi formatiga ko‘ra, mazkur o‘yinlarning yakuniy natijasiga ko‘ra eng ko‘p ochko to‘plagan sakkizta jamoa nimchorak finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. 9-24 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pley-off o‘yinida ishtirok etsa, eng kam ochko to‘plagan 12 ta jamoaning musobaqadagi ishtiroki o‘z yakuniga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida: Yevropa chempionlar ligasining 7-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, “Liverpul” 21 ochko bilan karvonboshiga aylangan bo‘lsa, “Barselona” 18 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, bu jamoalar muddatidan avval nimchorak finalga yo‘l oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA