Prezident Qoraqalpog‘istonning ishga solinmagan imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Masalan, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi. Yil boshidan Qoraqalpog‘istonga 1 million 300 ming sayyoh tashrif buyurdi. Lekin mehmonxona o‘rinlari 2,5 mingga ham yetmagani uchun turistlar nari borsa 1-2 kun vaqtini Qoraqalpog‘istonda o‘tkazayapti.
Nukus shahrida joylashgan Achchiq-ko‘l atrofidagi 20 gektarda turar-joy kompleksi, zamonaviy mehmonxona va dam olish maskanlarini tashkil qilish mumkin.
Nukus shahri va tumanidan o‘tgan Do‘stlik kanali va Kegeylidagi “Kegeyli” kanali bo‘yida yirik savdo va servis majmualarini barpo qilsa bo‘ladi.
Nukus shahrida joylashgan “Istiqlol” parki 5 yildan buyon ишламаяпти. Ushbu bog‘ xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun berilsa, tadbirkorlar 10 million dollar sarmoya kiritib, zamonaviy park barpo etish taklifini bergan.
Amudaryo, To‘rtko‘l, Beruniy, Xo‘jaylida turistlarni jalb qilish bo‘yicha juda katta salohiyat borligi ta’kidlandi.
O‘zA