O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

G‘ofurov Ibrohim Usmonovich O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Nazarov Baxtiyor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim
Negmatov Soyibjon Sodiqovich O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Umirov Chori Mehnat faxriysi, baxshi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Sodiqov Marat Fayziyevich O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Qodirov Rauf G‘ofurovich O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika kafedrasi professori, musiqashunos
Sattorov Zafar Rahmonovich Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Majnunova Risliq Tojiboyevna “Namangan haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri
Nizayev Timur Tedjiyevich “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘lim mudiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Genjemuratov
Baxtiyor
Allambergenovich
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Ziyoxonov Xurshid Javidovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi, grafik rassom
Ismoilova Jannat Hamidovna O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
Lyashko Anatoliy Alekseyevich Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bo‘lim boshlig‘i
Sapayev Sadaddin Mambetovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani madaniyat bo‘limiga qarashli “Bo‘ston” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Karimova Saodat Naimovna Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi chaqaloqlar bo‘limi neonatolog shifokori
Omarbayeva Sharigul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi neonatolog shifokori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Berdiyev Ro‘ziqul Sa’dullaevich Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»

Jangabayev Rustam Komiljon o‘g‘li Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Do‘smurotov
Sardorbek
Mahmadiyor o‘g‘li
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”

Baymanova Tamara Alliyarovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Chusovitina Oksana Aleksandrovna Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Zohidov Romen Abdullayevich O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi
Iskandarov Sa’dulla O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi
Salohiddinov Mahmud  – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Matematika instituti bo‘lim mudiri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Azimov Jaloliddin Azimovich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti bosh ilmiy xodimi
Azimova Gulchehra Sarvarovna Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi huzuridagi xoreografiya kollejining mumtoz raqs fani o‘qituvchisi
Akbarov Hamidulla Ilyosovich O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Televideniye va radioeshittirish kafedrasi professori
Aripova Salimaxon Fozilovna O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi
Asadov Damin Abdurahimovich Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va boshqarish kafedrasi mudiri, professor
Ahmedov Ismoiljon Mamasiddiqovich Andijon olimpiya zaxiralari kollejining gandbol bo‘yicha murabbiyi
Gospodarchuk Yuriy Mixaylovich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Ismoilova O‘g‘ilxon Hakimovna Andijon viloyati Asaka tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrachi
Isoyev Norxon Kichikovich Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi
Mannonov Abdurahim Mutalovich Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori
Mirzayev Mirpo‘lat O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Razzoqov Shokir Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi
Rahmonberdiyev G‘appor Toshkent kimyo-texnologiya institutining Selluloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori
Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovich Toshkent davlat texnika universiteti yer usti transport tizimlari kafedrasi professori
Salimov Oqil Umurzoqovich Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi rahbari
Tursunboyev Komil Jumayevich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” studiyasi bo‘lim boshlig‘i
Urmanova Flyura Faridovna Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi mudiri
Hamidov Hojiakbar Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori
Xodjanov Muratbay Turdimuratovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston telekanali rejissyori
Sharipova Nafisa A’zamovna Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyi direktori
Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Toshkent davlat texnika universiteti professori
Ergashev Yusufjon Yoqubjonovich “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi chop etish sexining 6-razryadli chop etuvchisi
Ergasheva Mastura Yah’yoyevna Buxoro viloyati Bolalar uyi katta hamshirasi
Hobilov Tohir Abdumalikovich (Tohir Malik) O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Avazov Isroil Turdimurodovich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi mudiri
Lyubchich Adelina Semyonovna Respublika perinatal markazi direktori
Mamajonov Tursunali Farg‘ona tumani “Vodil chinori” xalq dorbozlari jamoasi badiiy rahbari

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdurahimova Ma’muraxon To‘xtasinovna “Farg‘ona haqiqati” gazetasi adabiyot va san’at bo‘limi mudiri
Alimova Halimaxon Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori
Asilov Asad Nosirovich O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
A’zamov Quddus A’zamovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali “Yangi jamiyat” studiyasi bosh muharriri
Boboyeva Zebo To‘xtayevna O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tarjima tahririyati tarjimoni
Bo‘tayeva Farida Qo‘ziyevna O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Golovanov Vladimir Ivanovich Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy xodimi
G‘ulomov Isroil Jo‘rayevich “Istiqlol” san’at saroyi direktori
Jumayev Akmal Mengliyevich Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi Qarshi filiali reabilitatsiya bo‘limi boshlig‘i
Jo‘rayeva Sanobarxon Rahmonovna Andijon viloyati Asaka tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi ansambl xonandasi
Zohidova Mashkura Isomiddinovna “Narodnoye slovo” gazetasi tarjimoni
Isroilov Tojiboy G‘ulomovich Teatr arboblari uyushmasi a’zosi, rejissyor
Kaliyeva Dilfuza Taylakovna O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi yetakchi xodimi
Kan Aylita Anatolevna Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi reanimatsiya bo‘limi mudiri
Qorayeva Rahobza Xursandovna Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Karimov Abduqahhor Abdusamatovich “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati ovoz operatori
Meliboyev Ahmadjon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist
Mirzayev Ravshan Sharipovich Surxondaryo viloyati “So‘fi Olloyor” jamg‘armasi raisi
Mirzamahmudov Ismoiljon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Muhamedova Ra’no Timurxonovna Badiiy gimnastika bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari sport maktabi murabbiyi
Nedorezov Aleksandr Ivanovich Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi
Nikitina Lyubov Nikolayevna Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi mudiri
Paxomov Georgiy Lvovich Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti
Paluaniyazova Ulmeken Joldasbayevna Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston radiokanali bosh muharriri o‘rinbosari
Rajabov Tohir Yunusovich Pensioner, sozanda
Rizayev Shuhratilla Tursunovich “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
Saypiyev Akbar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali shifokor travmatologi
Samandarov Erkin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Sergeyev Vyacheslav Alekseyevich Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi
Sultanova Dina Agayanovna Mehnat faxriysi, adabiy tarjimon
To‘laxo‘jayeva Muhabbat Turobovna O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti San’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi professori
Tursunov Ubaydulla Riqsiboyevich “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ofset bosma sexi chop etuvchisi
Xolmatov Niyozali O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom
Xoltojiyev Abdurahmon Akbarovich O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli sozandasi
Cherkasova Galina Viktorovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi
Hotamov Azamat Kamolovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, haykaltarosh
Shayxova Tausifa Valiyevna Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi shifokor-psixiatri
Egamberdiyev Asilbek Qo‘zihaydarovich Sirdaryo viloyati belbog‘li kurash bo‘yicha terma jamoasi katta murabbiyi
Esonov Turkman Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti dotsenti, haykaltarosh

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abdurasulova Gulchehra Ibragimovna Farg‘ona viloyati turon yakkakurashi bo‘yicha terma jamoasi murabbiyi
Alxamov Normuhammad Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi vrach neonatologi
Bo‘riyev Zabardast Tojiboyevich O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
G‘aniyeva Zumradxon Yuldashevna Farg‘ona viloyati “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyi o‘qituvchisi
Geydelbax Galina Pavlovna “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati pardozchi-rassomi
G‘ulomov Shavkat Murtazoyevich Respublika “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, kandakor usta
Davletmuratova Gulnara Begdullayevna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Taxtako‘pir tongi” gazetasi muharriri
Dadajonova Charosxon G‘iyosovna O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali Ilmiy-ma’rifiy dasturlar muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari
Jalilov Akmaljon Olimovich Namangan viloyati kardiologiya markazi intervension kardiologiya bo‘limi mudiri
Ibragimova Gulnoz O‘roqovna Qashqadaryo viloyati Shahrisabz texnologiya kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Eshonqulova Gulzira Samikovna Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Muruvvat” nogiron erkaklar internat uyi tibbiyot hamshirasi
Eshonxonova Maqsuda Shokirovna “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi korrektori
Karimnazarova Saodat Ismoilovna Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
Kuranbayeva Altinpashsha Xojayazovna Xorazm viloyati Bog‘ot tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi epidemiologi
Mavlonova Muhayyoxon Avazovna Toshkent viloyati Angren kimyo sanoati kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Mamedova Dilorom Rahmatjonovna O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ilmiy xodimi, rangtasvirchi rassom
Mirzayeva Mahbuba Sultonovna Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filiali dispanseri hamshirasi
Mirmuhamedova Aziza Habibullayevna Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neonatologiya bo‘limi mudiri
Murtazoqulov Mahkam Jizzax san’at kolleji o‘qituvchisi
Nabiyeva Surayyo Sayfullayevna “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tahririyat bo‘limi texnik muharriri
Najimiddinov Toir Shahobiddinovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi tasvirga olish guruhi smena boshlig‘i
Nizametdinov Najmiddin G‘ulomovich O‘zFA Davlat adabiyot muzeyi yetakchi ilmiy xodimi
Rahmonov Temirqul Tangriyevich Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limi boshlig‘i
Sobirov Omonboy Atabayevich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali reanimatsiya bo‘limi mudiri
Sodiqova Nasiba Amanovna Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati musiqa fani o‘qituvchisi
Salaxo‘jayev Raufxon Farhodxonovich Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘qituvchisi
Salimova Mahfuza Hamidovna “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, zardo‘z usta
Seytmuratov Mateke Muxamatdinovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Nukus teleradiomarkazi ko‘chma texnika vositalari guruhi katta elektromexanigi
Siddiqov O‘tkir O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi konsert boshlovchisi
Siddiqova Feruzaxon No‘monovna Andijon viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari
Sultonova Gulbahor Boltayevna Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi
Tillaxo‘jayeva Surayyo Qahhorovna R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi jo‘rnavozi
Tojiboyeva Adibaxon G‘apporovna Namangan viloyati Norin tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
Tolipov Samat Abdilahatovich O‘zFA Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi
Tursunqulov Eshqul Azimovich Samarqand viloyati Jomboy tumani Ko‘kgumbaz madaniyat va aholi dam olish markazi to‘garak rahbari
To‘rayev Shavkat Nishonovich Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi
O‘lmasova Musavvar Jamolovna Respublika dizayn kolleji katta o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom
Urazbayev Darmenbek Turdibekovich “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari
O‘rmonova Toshxon Ibragimovna Farg‘ona viloyati Marg‘ilon pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
O‘roqov A’zam Asqarovich Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori
Hamidov Ixtiyor Murtazoyevich Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi anestiziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri
Hikmatova Luiza Anvarovna Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori
Xolova Tojixol Yarashovna Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 10-sonli “Shodlik” maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi
Hasanova Nasiba Manabovna Qashqadaryo viloyati Qarshi san’at kolleji o‘qituvchisi
Hoshimova Oysha Isoyevna Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 32-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyachisi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017-yil 25-avgust