O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz yoshlari xalqimizning mehnatsevarlik, bilim va ma’rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida mujassam etib, Vatan manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan barkamol avlod sifatida jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda.

O‘zbek xalqining ulkan salohiyati bugungi kunda hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallagan, azmu shijoatli, navqiron yosh avlodimiz timsolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalarida jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida quyidagilar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin:

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Baratova Madina Xasanovna O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Tadjiyev Odiljon Patixdjonovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuxtayev Xusen Mirzayevich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati Kengashi raisi
Shukurov Elbek Xabibullayevich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi

 «Shuhrat» medali bilan

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi ta’sischiligidagi «Yosh ijodkorlar uyushmasi» nodavlat notijorat tashkiloti raisi
Abdurayimov Ergash Arifdjanovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kengashi raisi
Abduraximov Begzod Jo‘raboyevich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Arnasoy tumani Kengashi raisi
Avezov Islombek Ilxamovich Xorazm viloyati Urganch shahridagi maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy tadbirkor
Azimov Farrux Kaxramonovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Alijonov Murodjon Ibrogimjon o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi»ning «Jasorat» klubi yetakchi mutaxassisi
Axunov Jamshid Shodiyevich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Payariq tumani Kengashi raisi
G‘aybulloyev Abbos Asatovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «G‘arbgazta’minot» unitar korxonasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Jumamuratov Raxat Tleumuratovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisi
Zikriyayev Zokir Mamirovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Guliston davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Islamov Sherzod Xalilovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashi raisi
Ismatzoda Rabbonai Samariddin Samarqand shahridagi «Rabbona-Ko‘zmunchoq-Tekstil» oilaviy korxonasi rahbari
Qayumov Lazizjon Baxtiyorovich Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Qodirov Bekzod Abduraxmonovich «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushma qo‘mitasi ommaviy-tashkiliy ishlar bo‘yicha yo‘riqchisi
Qurbonov Ibratbek G‘ayrat o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati Xiva tumani Kengashi raisi
Kutfitdinov Islombek Ilxom o‘g‘li Namangan shahridagi «Imron tekstil group» xususiy korxonasi direktori
Matkarimov Matkarim Sabirjonovich Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Davr tort» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Murodov Umid Abduvaliyevich Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Nematov Laziz Alisherovich Buxoro muhandislik-texnologiya institutining «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani o‘rinbosari
Normurodova Gulnora Ikromovna O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi bo‘lim mudiri
Nusratullayev Abdulxay Shavkat o‘g‘li Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Yangi avlod tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Pattayev Xojiakbar Shokir o‘g‘li Namangan yoshlar markazining yosh jurnalistlar to‘garagi rahbari
Polvonov Sherzodjon Fazlitdinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri
Po‘latov Uchqunbek Ulug‘berdiyevich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kengashi qoshidagi «Yosh tadbirkor» konsultativ markazi koordinatori
Rasulov Doniyor Mamazokir o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Rahmatov Elyor Jumaboyevich Toshkent davlat yuridik universiteti Moliya, bank va soliq huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Raxmonova Roxat Mexmonovna O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Kengashining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Rustamova Dilraboxon Abduraximovna Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Utkirov Muxriddin Baxriddinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kengashining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Shokirov Botirjon Shuxrat o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Kengashi raisi
Shrazov Anvar Asamatdinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi» tashkiliy-kadrlar bo‘limi mudiri

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 26-avgust