N.V.Knaufni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
 
f a r m o n i

Mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yirik hajmdagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlaridagi faol ishtiroki, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi har tomonlama va oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun “KNAUF” korxonalari guruhi ishtirokchilari Kengashi aʼzosi Knauf Nikolaus Vilgelm “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                     Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 29-avgust