“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 70 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish va uning barqaror ishlashini taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari, tizimni tubdan takomillashtirish, jahon andozalariga mos yangi korxonalarni tashkil etish, strategik ahamiyatga ega boʻlgan mineral boyliklarni samarali oʻzlashtirish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, koʻp millatli mehnat jamoasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Anarbayev Alijon Minovarovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi metallurgiya sexi erituvchisi
Xatamov Masidik Javakovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi Qizil olma shaxtasi portlatuvchisi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Ashurmatov Gʻani Tuxtamatovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Chodak kon boshqarmasi Pirmirob shaxtasi lahim oʻtuvchisi
Isakov Maxamadamin Mamadumarovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqqir kon boshqarmasi direktori
Knyazkin Mixail Nikolayevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi mexanika-yigʻuv sexi sayqallovchisi
Miraxmedov Xasan Turginovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi direktori
Raxmanov Muzafar Abdikarimovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining avtomobil transporti boshqarmasi “BelAZ” avtomashinasi haydovchisi
Sedov Sergey Anatolyevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqqir kon boshqarmasi sharqiy karyeri ekskavator mashinisti
Sidikov Ravshan Mirzabekovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis boyitish fabrikasi direktori
Usmanova Sayara Dushabayevna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis boyitish fabrikasi boyitish mahsuloti nazoratchisi
Xolbayev Mirzadulla Jangilovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi mis elektrolizi sexi katodchisi
Xuzin Vagiz
Kadimovich
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining rux zavodi elektrolit sexi erituvchisi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdulayeva Lenura Reshatovna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining portlovchi materiallar zavodi yetakchi muhandis-texnologi
Abdulhametov Ahmadjon Abdulmajitovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Chodak kon boshqarmasi direktori
Azimov Turgunbek Ibragimovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi temirchilik-payvandlash sexi chilangari
Baymatov Abdumajit Niyazovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi Koʻchbuloq shaxtasi mashinisti
Dromashko Aleksey Vladimirovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining avtomobil transporti boshqarmasi buldozer mashinisti
Irnazarov Sherzot Jurakulovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining rux zavodi velslash sexi katta ustasi
Isakulov Narali Urazbayevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi maydalovchisi
Karayev Server Seriyanovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasi teplovoz mashinisti
Karimov Tulyagan Kadirovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining elektr tarmoqlari boshqarmasi tarmoqlar va nimstansiyalar sexi ustasi
Mamadaliyev Abduxalil Ashiraliyevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis boyitish fabrikasi maydalash sexi gʻalvirlovchisi
Maxmudova Muxabat Riskitulayevna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining nodir metallar
va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi apparatchisi
Muxamedov Ulugbek Yarkinovich “SFI MANAGEMENT GROUP” xorijiy korxonasi bosh direktori
Tursunqulov Asad Nazarovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi mis elektrolizi sexi boshligʻining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari
Xursanov Nuritdin Jumayevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Xonjiza kon boshqarmasi shaxtasi lahim oʻtuvchisi

“Shuhrat” medali bilan

Abdukadirov Ilxom Azimovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining rux zavodi kuydirish sexi kuydiruvchisi
Anarov Shirali Axmedovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Kovuldi koni shaxta usti uchastkasi boshligʻi
Baysupov Kamoliddin Tursunaliyevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining avtomobil transporti boshqarmasi “BelAZ” avtomashinasi haydovchisi
Jumanazarov Baxodir Irkinovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi tegirmon mashinisti
Imomov Zoxidjon Sharifovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi metallurgiya sexi erituvchisi
Kasimov Siradjiddin Nematovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi quyish sexi poʻlat erituvchisi
Kasimov Xamra Avalbayevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi metallurgiya sexi ishlab chiqarish uchastkasi boshligʻi
Koldakova Yuliya Yuryevna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Metallurg” madaniyat saroyi xalq jamoasi baletmeysteri
Qambarov Abduqodir Mukumjonovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqqir kon boshqarmasi ustki qatlamni ochish karyeri burgʻilash qurilmasi mashinisti
Malseva Aida Viktorovna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 22-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi
Rustamov Otabek Ilxamjanovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Kovuldi koni boshligʻi
Safarov Rustam Sultanovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasi elektrovoz mashinisti
Topilov Abdumalik Abdukayumovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining avtomobil transporti boshqarmasi “KamAZ” avtomashinasi haydovchisi
Umurzakov Baxouddin Karimovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sanoat suv taʼminoti sexi elektr taʼmirlovchisi
Urunbayev Muzaffar Ibadullayevich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ixtisoslashtirilgan taʼmirlash ishlari boshqarmasi taʼmirlovchi-chilangari
Xoshimov Boxodir Alimovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis boyitish fabrikasi tegirmon mashinisti
Sharapova Muazzam Ramazonovna “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Xonjiza kon boshqarmasi boyitish fabrikasi reagent qoruvchisi

Oʻzbekiston Respublikasi

      Prezidenti                   Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 23-oktyabr

 

O’zA