Frederik Starrni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
f a r m o n i 

 

Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi koʻptomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, oʻzbek xalqining tarixi va madaniyatiga oid chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, ular asosida qator fundamental ilmiy asarlar yaratishga qoʻshgan salmoqli hissasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyati va koʻlami haqida xalqaro hamjamiyatni keng xabardor etishdagi samarali faoliyati uchun J.Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti                                Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri,
2019-yil 29-avgust

 

O’zA