V.Yu.Alekperovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
 
f a r m o n i

Oʻzbekistonning neft va gaz sektorini rivojlantirish va uglevodorod resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xomashyoni qazib olish va chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor, innovatsion texnologiyalarni sohaga joriy etish, mamlakatimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, yirik strategik loyihalarni amalga oshirish ishlariga qoʻshgan katta hissasi hamda respublikamizga yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorligi uchun “LUKOYL” ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Alekperov Vagit Yusufovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust