O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Barcha sport turlarini rivojlantirish orqali yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar sonini ko‘paytirish, 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga (keyingi o‘rinlarda – Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari) sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida:

1.Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan
sport turlari bo‘yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratishlitsenziyalar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish;

sport menejmentini takomillashtirish, har bir bo‘g‘inni auditdan o‘tkazish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va o‘rganish, ular natijasida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, O‘zbekiston sportchilari o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash;

sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport ob’ektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish;

mamlakatimizda belgilab berilgan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga to‘liq tatbiq etish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

2.Quyidagilar:

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar (keyingi o‘rinlarda – Maqsadli ko‘rsatkichlar)
2-ilovaga muvofiq;

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.Belgilansinki, Maqsadli ko‘rsatkichlar:

Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo‘yicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan, 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash,
ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritishni;

Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan, bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni nazarda tutadi.

Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shaabduraxmanov)
va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev):

a) sport menejmentini (boshqaruvini) tubdan takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda:

uch oy muddatda katta to‘rtlik (“big four”) auditorlik tashkilotlaridan birini jalb qilsin;

jalb qilingan auditorlik tashkiloti bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimining har bir bo‘g‘inini auditdan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;

auditorlik tashkilotini jalb qilish va auditdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirsin;

2022 yil 1 iyulga qadar jismoniy tarbiya va sport, sport federatsiya (assotsiatsiya)larining boshqaruvini takomillashtirish, shu jumladan, ularda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;

b) Maqsadli ko‘rsatkichlardagi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha dasturlarda sportchilarning ishtirokini ta’minlasin,
bu borada sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning faoliyatini samarali tashkil etsin;

v) ikki oy muddatda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari vakant lavozimlarini to‘ldirish, shuningdek, past natijalarni ko‘rsatgan, ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanmagan
va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan federatsiya (assotsiatsiya)lar rahbarlari lavozimlariga yangi nomzodlar bo‘yicha taklif kiritsin;

g) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari bilan birgalikda Maqsadli ko‘rsatkichlardagi dasturlarda qatnashish va litsenziyalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha mas’ul ekanligi belgilansin.

4.Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yil dekabrda qabul qilingan qarorga asosan
2024 yildagi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor gender tenglik ta’minlanib, erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar soni teng ravishda belgilab berildi.

Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shaabduraxmanov) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2024 yildagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida quyidagilarni amalga oshirsin:

ikki oy muddatda aholi o‘rtasida gender tenglik tamoyillarini “mahallabay” tizimi asosida taniqli sportchilar ishtirokida targ‘ib qilish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o‘rtasida ayol sportchilar ulushini oshirish choralarini ko‘rsin. Bunda, ularning erkak sportchilar sonidan farqi +/-3 foizgacha bo‘lishini ta’minlasin;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida ayollar uchun qabul kvotalarini oshirish choralarini ko‘rsin;

mamlakatimiz sportchilarini tayyorlashda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

5.2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shaabduraxmanov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) tegishli vazirlik,
idora va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan erkin va doimiy ravishda foydalanilishinizarur shart-sharoitlar (elektr energiyasi, gaz, suv, ta’mirlash ishlari) yaratilishini ta’minlasin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar sport bazalarini balansda saqlovchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

6.Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shaabduraxmanov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) bilan birgalikda:

milliy terma jamoalar sportchilarining yil davomida doimiy uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, xalqaro musobaqa va turnirlarda muntazam ishtirokini ta’minlash, malakali mahalliy va xorijiy trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilish;

milliy terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot, musobaqa va turnirlarga tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarni tibbiy va farmakologik ta’minlash, ularda sportchilarning ishtirokini davrida ilmiy jihatdan tahlil qilish bo‘yicha mutaxassislar (trenerlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar, ilmiy tahlilchilar va boshqalar) guruhlarini tashkil etish;

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) bajarilishini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlarga ko‘mak berish va metodik yordam ko‘rsatish, ko‘rilayotgan choralar natijalari, milliy terma jamoalarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi ahvoli, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha asosli takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish;

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)larini jalb qilgan holda sport bazalarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun qulay ijtimoiy, maishiy va moddiy sharoitlar tayyorlash bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etishni ta’minlasin.

7.2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgiOlimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8.Respublika komissiyasi (A.N.Aripov):

bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tegishli shart-sharoitlar yaratish uchun ularni vazirlik, idora va yirik tashkilotlarga biriktirsin, shuningdek, ushbu tashkilotlarning aniq vazifalarini belgilasin;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘ladigan byudjet, byudjetdan tashqari, shuningdek, homiylik mablag‘lari miqdorini ko‘rib chiqsin va belgilasin;

Dasturda nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin, Dasturga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning ijrosini har chorakda muhokama qilish va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rib borsin;

bir oy муддaтдa Respublika komissiyasining kengaytirilgan birinchi yig‘ilishini tashkillashtirsin. Bunda, mazkur qarorning mazmun-mohiyati, sportga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor, vazifalarni so‘zsiz bajarish zarurligi, past natija ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi haqida yetkazilsin;

ikki oy муддaтдa sport sohasida korrupsiyaning oldini olish, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida (musobaqalarni har bir bosqichda o‘tkazish, sportchilarni saralab olish, trenerlarni jalb qilish, sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish, normativ va imtihonlarni topshirish va boshqalar) korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin va amaliyotga joriy qilsin.

9.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

a) Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga milliy terma jamoa sportchilarining sifatli tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida Maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:

sport bazalarining byudjetdan tashqari va homiylar mablag‘lari hisobidan qurilishi, qayta qurilishi, kapital ta’mirlanishini ta’minlash, ularning to‘liq ishlatilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari, shu jumladan, avtotransport vositalari bilan ta’minlash;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlash;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5924-son Farmoni bilan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda mazkur Farmon bilan belgilangan tegishli sport turlarini rivojlantirish 
va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin;

v) joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larining hududiy bo‘linmalarini tashkil etsin, shuningdek, ularning moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashsin;

g) joylardagi rahbar kadrlar orasidan nomzodlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy bo‘linmalarining rahbari lavozimiga tavsiya etish choralarini ko‘rsin.

10.Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sun’iy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari
(shu jumladan, maxsus mashg‘ulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar 2024 yil 1 oktyabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.

Turizm va sport vazirligi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan xorijdan olib kelinayotgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sun’iy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashg‘ulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlarning maqsadli ishlatilishi va xavfsizligi ustidan doimiy qat’iy nazorat o‘rnatsin.

Davlat bojxona qo‘mitasi (M.Azimov) mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona boji summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda Davlat byudjetiga undirilishini ta’minlasin.

11.Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.Boboyev) Turizm va sport vazirligi (Z.Kazakov) bilan birgalikda 2022 yil va kelgusi yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturga kiritilgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash uchun markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitlarini ajratsin.

12.Belgilansinki, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish doirasida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha:

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan sportchi va trenerlarga Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda stipendiya ko‘rinishida har oyda to‘lanadigan to‘lovlar tayinlanadi;

milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sug‘urta badallari hisoblanmaydi.

13.Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov Moliya vazirligi (T.Ishmetov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shaabduraxmanov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev), manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:

a) sportni moliyalashtirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ushbu jarayonning shaffof bo‘lishi hamda sarflangan mablag‘larning natijadorligiga e’tiborni qaratish;

b) Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilayotgan mablag‘larni G‘aznachilik dasturi bilan qamrab olish hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)larini moliyalashtirish bo‘yicha alohida tartibni joriy qilish;

v) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalari (kuboklari) g‘oliblari hamda sovrindorlari, shuningdek, sportchilarni tayyorlagan trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rag‘batlantirishning zamonaviy tizimini joriy qilish. Bunda:

ushbu masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;

o‘zini namoyon eta olgan milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari, shifokorlari va boshqa sport mutaxassislarini uy-joy bilan ta’minlash;

yutqiziqsiz lotereyalarni tashkil qilish mexanizmlarini joriy qilish;

sportchilar, trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarining bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanishning aniq mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

14.Bosh prokuratura (N.Yo‘ldoshev) Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Hisob palatasi (B.Turabov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilgan mablag‘lardan, shuningdek, Olimpiya
va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratiladigan mablag‘lardan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, boshqa sport tashkilotlari tomonidan oqilona, tejamkor 
va samarali foydalanilganligi (foydalanilayotganligi), tender va tanlovlar ochiq va shaffof holda o‘tkazilganligi (o‘tkazilayotganligi), korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaganligi (yo‘l qo‘yilmayotganligi), davlat xaridlarining boshqa asosiy prinsiplariga to‘liq rioya qilinganligiga (rioya qilinayotganligi) qonuniy baho bersin hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.

15.Moliya vazirligi (T.Ishmetov):

joriy yil yakuniga qadar 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar samaradorligini o‘rganib chiqsin hamda takliflar kiritsin;

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan taqdim etilgan talabnomalar asosida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda 2022 yildan boshlab Davlat byudjetidan ajratilishini ta’minlasin.

16.Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Kuchimov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston sportchilari to‘g‘risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.

17.Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

            Prezidenti                        Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2021-yil 5-noyabr