Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda «Asia school» xususiy maktab faoliyati bilan tanishdi.

Maktab 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 350 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha oyligi 7 million so‘mni tashkil qiladi.

Alisher Qodirov maktabdagi shart-sharoitlarni yuqori baholab, barcha xususiy maktablar ham bunday sharoitga ega emasligini ta’kidladi.

Shuningdek, xususiy ta’limni rivojlantirish fondini tashkil etish taklifini berdi.

– Maktab sharoitlarini zo‘r qilib qo‘yganimiz bilan o‘qituvchilarni rozi qilolmasak, ko‘zlagan natijaga erisholmaymiz. Kelajak ta’limdagi xatolarni kechirmaydi, – dedi “Milliy tiklanish” nomzodi.

 

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA