O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirov sirdaryolik saylovchilarga tarbiya va ta’lim sohasida, davlat boshqaruvi tizimida, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash va tashqi siyosat sohasidagi vazifalarni atroflicha tushuntirib o‘tdi.

– “Yangi avlod” Davlat dasturi qabul qilinadi. Dastur doirasida yagona «Oila – bog‘cha – maktab» tizimi yaratiladi va bog‘chalar to‘la davlat qaramog‘iga olinadi, – dedi nomzod. – Maktablarda boshqaruv, o‘qituvchiga munosabat va tarbiya-ta’lim ishlari tubdan o‘zgartiriladi.

O‘qituvchilarga o‘z mutaxassisligidan tashqari boshqa fanlardan dars berish va sinf rahbarligini biriktirish tartibi bekor qilinadi.

 

Sh.Suyarov, O‘zA