FIFA shu yilning 1-11 fevral kunlari Qatar davlatida o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, hakamlar orasida ayol hakam ham bor. Bu braziliyalik Edina Alves.

Chempionatning ochilish o‘yinida mezbon «Al-Duxayl» va Yangi Zelandiyaning «Oklend Siti» jamoalari maydonga tushishadi. Nufuzli musobaqada shuningdek, Germaniyaning «Bavariya», Meksikaning «Tigres», Misrning «Al-Axli» hamda Janubiy Koreyaning «Ulsan» jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. Chempionatning so‘nggi ishtirokchisi – Libertadores Kubogi g‘olibi nomi yanvar oyining oxirida ma’lum bo‘ladi.

 Oybek YUNUSOV, O‘zA