Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017-yilning 25-dekabrida boshlanib 2018-yilning 8-yanvarigacha davom etadi.
Bayram tadbirlari poytaxtimizning “Mustaqillik va ezgulik maydoni”da , Shayxontohur va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida joylashgan “Navro‘z” bog‘i hududidagi maydonda, Shayxontohur tumanidagi “Lokomotiv-Anhor” bog‘idagi maydon va Xadra maydonida, Chilonzor tumanidagi “Roison Electonics” korxonasi oldidagi maydonda, Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” bog‘idagi maydonda, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Eko bog‘” oldidagi maydonlarda, Sirg‘ali tumanidagi “Baxt Diyor” guzari oldidagi maydonda, Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tadi.