Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi qoraqalpogʻistonlik ogʻir atletikachi Rustam Jangabayevdan 2018-yil may va dekabr oylarida olingan ikkita doping-sinama xar xil shaxslarga tegishliligi aniqlandi. Shu sababli sportchi doping-sinamani alishtirishda ayblanmoqda, deya maʼlumot tarqatmoqda IWF Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi nomidan ish yurituvchi ITA Xalqaro testlash agentligi.
Butunjahon antidoping kodeksiga binoan, sinamalarni alishtirish eng jiddiy antidoping qoidabuzarliklar qatoridan joy olgan boʻlib, uning uchun 4 yillik diskvalifikatsiya va muayyan muddatda qoʻlga kiritgan barcha sport natijalarini bekor qilish kabi maksimal qattiq jazo belgilanadi.U Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2017-yilda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida +105 kg vazn toifasida oltin medal va 2018-yil 1-10-noyabr kunlari ushbu shaharda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida +109 kg vazn toifasida siltab koʻtarish va ikkikurash natijalariga koʻra bronza medallariga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil aprel oyida IWF Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi undan doping-sinamasidan oʻsish gormoni izlari topilganini eʼlon qilib, musobaqalardan chetlatilganini eʼlon qilgan edi.
OʻzA