Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʻrsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishiga oʻzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qoʻshgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish borasidagi alohida xizmatlari, oʻz hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

Abdullayev Murod Bobojonovich – Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati

Isoqulov Toʻlqin Oʻrolovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshligʻi

Kariyev Gʻayrat Maratovich – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Navroʻzov Mahmadali – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi boʻlimi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati

Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshligʻi

Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna – Fargʻona tumanidagi “Shohimardonobod” qishloq vrachlik punki mudiri, Fargʻona viloyati

Inoyatova Flora Ilyasovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

Ergashova Muxtasarxon Yoʻldoshevna – Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Andijon viloyati

Sagirov Anvar Midxatovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Hojiboyev Abduhakim – Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Jumayev Baxtiyor Shernovich – Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Beknazarov Jumanazar Beknazarovich – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya boʻlimi professori

Rahmatullayev Mahmud – Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati

Toʻrayev Namoz Abdusamatovich – Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori oʻrinbosari

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Boboyeva Zamira Qayumovna – Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi

Karimova Rahbar Nurmatovna – Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori

Mahmudova Mahbuba Omonovna – Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri

Salomov Ulugʻbek Inoyatovich – Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya boʻlimi mudiri

Xolboyeva Tursun Omondullayevna – Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

“Doʻstlik” ordeni bilan

Agranovskiy Mark Leyzerovich – Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri

Ahmediyev Mahmud Mansurovich – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar boʻlimi mudiri

Karimjonova Vazira Xolmatovna – Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdujabbarov Xolmoʻmin – Gʻallaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi infeksionisti, Jizzax viloyati

Abdurazzoqov Alijon Gʻaniyevich – Uchkoʻprik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi agronomi, Fargʻona viloyati

Abdurayimov Bahodir Tursunovich – “Chortoq resort” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Namangan viloyati

Abdurahmonov Komil Hamroqulovich – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi boʻlim mudiri

Borisova Yelena Mixaylovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich – Chilonzor tumanidagi “Magnum Medikal Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Mamarahimov Habibulla Muxtorovich – Izboskan tumanidagi “Doktor Habibullo shifo nur” xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati

Muhiddinova Minnigul Asqarovna – Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi oʻrinbosari

Nazirov Feruz Gʻafurovich – “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat unitar korxonasi direktori

Obidov Qobuljon Orifovich – Marhamat tumanidagi “Orifjon shifo maskani” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Roʻzimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich – Olmazor tumanidagi “New Life Medical” xorijiy korxonasi taʼsischisi, Toshkent shahri

Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich – Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati

Ubaydullayev Oʻrozboq – Jizzax viloyatidagi “Istiqlol” bolalar oromgohi direktori

Usmonov Hoshim Hamidovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshligʻi

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdullayev Omondulla Ubaydovich – Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi

Abdullayeva Shohista Ergashevna – Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻlimi mudiri

Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna – Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari

Akbarova Farida Shorahimovna – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Boʻston sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich – Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti

Boʻtayeva Dilbarxon Ahmadovna – Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Namangan viloyati

Dolimova Dilbar Akbarovna – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri

Dushamova Mehribon Shavratovna – Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori

Jalilov Adham Qahramonovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Ismoilova Gulnora Ahmedovna – Samarqand shahridagi “Dardgir-shifo” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Ismoilova Adolat Abdurahimovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri

Qobilova Shahodat Bobomurodovna – Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Qalandarova Lola Nurullayevna – Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori

Karimova Nargiz Quddusovna – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʻlimi bosh shifokori

Madaminov Maʼrifjon – Respublika oʻlat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri

Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari

Meyliyev Qahramon Ergashovich – Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati

Mirones Olga Artemovna – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri

Nurullayev Qurbonnazar Aminovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam koʻrsatish xizmati bosh shifokori

Oltiyev Usmon Bebitovich – Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi mudiri

Pirnazarov Maʼruf Mahmudjonovich – Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi boʻlim boshligʻi

Sultonova Muhabbat Muydinovna – Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori

Toʻrayev Ahmad Musurovich – Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich – Fargʻona viloyati perinatal markazi reanimatsiya boʻlimi mudiri

Umarov Shuhrat Jumadullayevich – Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri

Xoʻjayev Bozor Ozodovich – Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati

Hojimuhamedova Raʼno Abdullayevna – Olmazor tumanidagi “Gʻuncha Med servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Xudoyberganov Ramatillo Karimovich – Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Xorazm viloyati

Sharipov Ravshan Ollayorovich – Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori

Yuldoshev Safarboy Rajabovich – Tuproqqalʼa tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Xorazm viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Rizayev Kamol Saidakbarovich – Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bosh sanitariya shifokori

Arabova Salima Bozorovna – Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika boʻlimi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati

Bayburina Goʻzal Salavatovna – Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya boʻlinmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi

Bayzaxova Raya Kosshigulovna – Tomdi tumanidagi “Keregetau” qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati

Dilov Elbek Shukrulloyevich – Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya boʻlimi narkolog-shifokori

Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna – Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi

Ismatova Raʼno Ahadovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori

Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Mamadaliyev Joʻraqul – Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik boʻlinmasi vrachi

Pirova Feruza Boltayevna – Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri

Rahmonova Goʻzalxon Sadbarovna – Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya boʻlimi laboranti, Namangan viloyati

Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich – Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Andijon viloyati

Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich – Xorazm viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi shifokori

Eshonqulova Hilola Abdusalomovna – Samarqand viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi sunʼiy buyrak boʻlimi katta tibbiy hamshirasi

Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna – Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Saidazimov Firuz Shoazimovich – Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlangʻich tashkilot yetakchisi (volontyor)

Safarova Kamola Hamroyevna – Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor)

“Jasorat” medali bilan

Neʼmatov Odiljon Nizomiddinovich (marhum) – Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oʻpka sili jarrohligi boʻlimi mudiri

Rustamov Farrux Farhodovich (marhum) – Toshkent viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi

Sharipova Venera Vasilyevna (marhum) – Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri

Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum) – Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri

“Shuhrat” medali bilan

Barotova Kamola Uzoqovna – Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Buxoro viloyati

Dehqonova Shahnoza Zoirovna – Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti

Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich – Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani

Mardonova Sohiba Mamarahimovna – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi

Sagdullayev Abdullo Narzullayevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori

Suvonqulov Oʻktamjon Toirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori

Xayriddinova Nasibaxon Noʻmonovna – Andijon viloyati “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internat uyi hamshirasi

Xolmurodov Oʻrozmurod Qarshiyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari epidemiologiya boʻlinmasi boshligʻi

Xudoyqulova Gulnora Karimovna – Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti

Sharipov Azamat Bahodirovich – Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi boʻlim mudiri

Oʻzbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                      Sh.Mirziyoyev

 

OʻzA