Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
1. Karimova Dilorom Malikovna – mehnat faxriysi, erkin ijodkor
2. Sobirov Ogʻabek Karimovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan
3. Shaydilov Safar Normurodovich – Qiziriq tumanidagi 17-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
4. Annazarov Jasvantbek Bahromovich – Toshkent shahridagi “TIART” masʼuliyati cheklangan jamiyati haykaltaroshlik korxonasi direktori, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan
5. Asadov Mirjamol – Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan
6. Abdikamalov Baxtiyor Abdirazaqovich – Qoraqalpoq davlat universiteti fizika kafedrasi professori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
7. Karimov Bahodir Nurmetovich – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri
8. Mahmudova Dildorxon Yoʻldoshxon qizi – Qoʻqon shahridagi 9-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Fargʻona viloyati
9. Rahmonov Sodiqjon Moʻminovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, rassom
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan
10. Akilova Kamola Boltaboyevna – Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari – Madaniy meros departamenti boshligʻi
11. Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich – “Ezgu-film” studiyasi rejissyori, Toshkent shahri
12. Doʻstmuhamedov Xurshid Nabiyevich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi
13. Qodiriy Xondamir Habibulla oʻgʻli – Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
14. Haydarov Ravshan Akmalovich – futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
15. Ahmedov Odil Alimjonovich – futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorligini taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
16. Abdurashidov Abdulahat – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali sozandasi
17. Azimov Usmonqul (Usmon Azim) – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri adabiy boʻlimi mudiri
18. Ixtiyorov Baxtiyor Ahmedovich – Oʻzbekiston davlat satira teatri faxriysi
19. Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich – Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori
20. Saʼdullayev Lutfulla Ubaydullayevich – Oʻzbekiston davlat satira teatri faxriysi
21. Egamnazarov Alinazar Imomnazarovich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
22. Abdurahmonov Qahhor Fattohovich – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori
23. Aʼzamov Erkin Normamatovich (Erkin Aʼzam) – “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi
24. Mirzayev Toʻra – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
25. Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
26. Ahmedov Sirojiddin Ubaydullayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya boʻlimi boshligʻi
27. Bafoyev Mustafo – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi professori
28. Doniyorov Salim Musurmonovich – “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati bosh muharriri
29. Islomov Dilmurod Muxutovich – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti cholgʻu ijrochiligi kafedrasi professori
30. Qosimov Bahodir Oʻrinboyevich – “Milliy” telekanali kino va dublyaj boʻlimi boshligʻi
31. Qosimov Haydarali Saidaliyevich – Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri bosh rejissyori
32. Qoʻchqorov Sher Matyoqubovich – Yangiariq tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Xorazm viloyati
33. Mullaboyev Toir Sobirovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Bolajon” telekanali muharriri
34. Muhamedova Mapura Nasriddinovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi
35. Pidayev Shokirjon Rasulevich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori
36. Razzoqova Muyassar Qodirovna – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi mudiri
37. Rametova Saida Xodjiyevna – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori
38. Rahimboyeva Qutlibeka – “Saodat” jurnali boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir
39. Roʻzimboyev Saparboy – Urganch davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati
40. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich – Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
41. Saʼdullayev Azimboy – Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
42. Sapayeva Mirzagul Jumanazarovna – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri vokal artisti
43. Sultonov Jalil Jalolovich – mehnat faxriysi, yaponshunos
44. Toshmatov Maʼmurjon Gʻaniyevich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi B.Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari
45. Teshaboyeva Umida Alimjonovna – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori
46. Umirov Saydi – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti
47. Urazimbetov Nizamatdin Tajitdinovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi Nukus filiali teleradiomarkazi oliy toifali teleoperatori
48. Hasanov Ahadjon Ahmedjonovich – Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori
49. Yoqubov Gʻulomjon Toshpoʻlatovich – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“Doʻstlik” ordeni bilan
50. Abdurahmonov Qalandar – G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universtitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
51. Alijonov Sohibjon Nazirjonovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot-tahlil multimedia markazi” davlat muassasasi direktori
52. Axetova Alima Shaniyazovna – Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori
53. Ahmedshayev Ahmadjon Shoyaqubovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Davlat geologiya muzeyi direktori
54. Axmetzyanov Farit Rashitovich – Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyumasi aʼzosi, haykaltarosh
55. Bahodirxonov Muhamed Kabir – Toshkent davlat texnika universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
56. Borodina Marina Rostislavovna – Toshkent arxitektura qurilish instituti interyer va landshaft dizayni kafedrasi professori
57. Glubokina Natalya Leonidovna – Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri bosh rassomi
58. Dadayev Ahmadjon Shokarimovich – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qoʻshiqchilik kafedrasi dotsenti
59. Jumayev Boʻriqul Oʻroqovich – Boysun tumani “Dashtigʻoz” madaniyat markazi qoshidagi havaskorlik jamoasi rahbari, Surxondaryo viloyati
60. Ibragimov Baxtiyor Toʻlaganovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
61. Ilin Nikolay Dmitriyevich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi, shoir
62. Islomov Xolmurod Muxutovich – Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar toʻgaragi oʻqituvchisi
63. Islomov Elmurod Muxutovich – Respublika “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi doirachilar toʻgaragi rahbari
64. Kamolov Badriddin Sadriddinovich – Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari “Nuroniylar” sanatoriysi direktori
65. Kashtanova Lyubov Iosifovna – Yunusobod tumanidagi 97-umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
66. Qayumov Kozim Obidovich – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy teatr-studiyasi oliy toifali sahna ustasi
67. Qodirov Bayan – Urgut tumani madaniyat boʻlimi qoshidagi maqom toʻgaragi rahbari, Samarqand viloyati
68. Qosimov Jahongir Mirsobitovich – “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissyori
69. Murodov Mahmudjon Moʻminovich – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori
70. Musin Roman Salixovich – Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri sahna mashinisti
71. Nadirova Yelena Faritovna – Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi xoreografiya kolleji maxsus fan oʻqituvchisi
72. Nadirova Aygul Bazarbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy taʼlim kafedrasi katta oʻqituvchisi
73. Nosirov Elyor Rasulevich – Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori
74. Razzoqova Kumush Qodirovna – mehnat faxriysi, estrada xonandasi
75. Risqiyev Rifat Asadovich – faxriy sportchi
76. Sobirov Ravshan Zoirovich – Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
77. Safarov Orol Abdumannonovich – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti milliy qoʻshiqchilik kafedrasi dotsenti
78. Sobirov Kimsanboy Nabiyevich – Margʻilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali drama artisti, Fargʻona viloyati
79. Toʻxtayev Toʻxtamish Davlatovich – “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati boʻlim muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir
80. Xoliqulova Goʻzal Erkinovna – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori
81. Hasanov Hamidulla – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi oʻqituvchisi
82. Hasanova Sayyora Salayevna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi “Voha” tezkor axborot guruhi katta muharriri
83. Hamdamov Bobomurod – mehnat faxriysi, xonanda
84. Hamroqulov Nuriddin – mehnat faxriysi, xonanda
85. Chilin Vladimir Ivanovich – Oʻzbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi professori
86. Sharipova Raʼno Boyzayevna – mehnat faxriysi, xonanda
87. Ergasheva Yulduz Alimovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri
88. Ermatov Husan Tohirovich – “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri
89. Yugay Lev Pavlovich – Milliy tadqiqot texnologiya universitetining Olmaliq filiali matematika va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi mudiri
90. Yuldoshev Mahammadjon Usubjonovich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi oʻzbek milliy mumtoz ashula ansambli xonandasi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
91. Gaziyev Bahromjon Valiyevich – Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi
92. Ilyosov Vasil Gʻaybullayevich – “Jizzax haqiqati” – “Djizakskaya pravda” gazetalari tahririyati boʻlim muharriri
93. Matkarimov Salimjon Ibodullayevich – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agenligi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi respublika teleradioeshittirishlari monitoringi boʻlimi boshligʻi
94. Mirzayev Abdurazzoq Umrzoqovich – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi
95. Mirzayev Manuchehr Boborahimovich – Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari
96. Rahimjonov Iftixor Toʻxtamurodovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi rejissyori
97. Toʻxtashev Jamoliddin Qurbonovich – “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharririning birinchi oʻrinbosari
98. Usmonova Nazokat Shavkatovna – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi siyosat va yangiliklar tahririyati boʻlim mudiri
99. Xolliyeva Dilbar Karimboyevna – “SHARQ” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalovchisi
100. Shukurov Saidahmad Xoldorovich – “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri
“Sogʻlom turmush” medali bilan
101. Arslonov Najib Gadiyevich – Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi boks boʻlimi murabbiyi
102. Babaliyeva Gulchehra Roʻziboyevna – Uzun tumanidagi 5-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati
103. Boynazarova Zuhra Muqumjonovna – Sayxunobod tumanidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati
104. Boydadayev Abdujabbor Abdusattorovich – Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori oʻrinbosari, Namangan viloyati
105. Gʻoziyev Abdulla Ubaydullayevich – “Shifokor va hayot” gazetasi tahririyati muharriri, Namangan viloyati
106. Jaksimuratov Muxammed Rametullayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportning yakkakurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi katta yoʻriqchi-uslubchisi
107. Jumaniyozova Gulnora Erkinovna – Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Navoiy viloyati
108. Isakova Zuxra Konisbayevna – Qoraqalpogʻiston bolalar va oʻsmirlarining “Jetkinshek” gazetasi boʻlim mudiri
109. Keunimjayeva Toʻxtagul Kudaynazarovna – Qoraoʻzak tumanidagi 2-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi metodisti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
110. Li Lyudmila Rudolfovna – Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport gimnastikasi boʻyicha murabbiy-oʻqituvchisi
111. Mamayusupova Gulnora Umarjanovna – Uchtepa tumanidagi 228-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri
112. Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari
113. Nurmatova Shohistaxon Muhammadjonovna – Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Andijon viloyati
114. Paxomov Vladimir Yuryevich – Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi akademik eshkak eshish boʻyicha katta murabbiy-oʻqituvchisi
115. Soibova Iroda Baxtiyorovna – Yashnobod tumanidagi 307-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri
116. Tuganova Barno Asrorovna – Payariq tumanidagi “Manzurabonu” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Samarqand viloyati
117. Xoʻjayeva Dildorxon Nurmatxonovna – Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi xalq raqsi boʻlimi mudiri
118. Shodimetova Farogʻat Boʻronovna – Toshkent shahri “Yangiobod” va “Kamolon darvoza” mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshidagi “Eʼzozli sportchi ayollar” guruhi rahbari
119. Shamshiddinov Isroiljon Turgʻunovich – Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi professori
120. Yuldasheva Feruza Elamasovna – Ohangaron shahridagi 7-imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi logopediya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
121. Yakubova Marina Vladimirovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Bolalar sporti, ommaviy sport va xalq oʻyinlari” bosh muharririyati boʻlim mudiri
“Shuhrat” medali bilan
122. Avazova Maʼmura Erkinovna – Toshkent shahar markaziy madaniyat uyi qoshidagi “Nodirabegim” folklor-etnografik ansambli rahbari
123. Akimov Yedilbay Kurbanbayevich – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi qoshidagi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi
124. Appazova Lenara Imranovna – Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabi xor va estrada xonandaligi sinfi oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
125. Aripova Umida Jangirovna – Sergeli tumanidagi 329-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri
126. Artiqov Baxtiyor Abdimurotovich – Shoʻrchi tumanidagi 7-bolalar musiqa va sanʼat maktabi baxshichilik sinfi oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
127. Asrorov Oʻtkir Qudratovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti haykaltaroshlik kafedrasi oʻqituvchisi
128. Bobojonov Ulugʻbek Salayevich – “Xorazm” maqom ansambli xonandasi, Xorazm viloyati
129. Bozorov Ziyodullo Nazarovich – Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh dirijyori
130. Valixoʻjayev Ibragim Mutalliyevich – Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rassom
131. Genjebekova Nasiba Sharibayevna – Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri aktyori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
132. Davlatov Olim Davlatovich – “Tamaddun” nashriyoti direktori, adabiyotshunos, Toshkent shahri
133. Davlatova Norbibi Shokirovna – Nurota tumani madaniyat boʻlimi qoshidagi “Nurjahon” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Navoiy viloyati
134. Jalolov Nabi Sotqinovich – Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi
135. Zavadinov Narzulla Hamroqulovich – Gʻallaorol tumanidagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
136. Ibragimov Sagimbay – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
137. Isoqov Saidakmalxon Boʻstonbek oʻgʻli – Fargʻona viloyati “Ruxsor TV” telekanali teleoperatori
138. Islomova Lobar Ikromovna – “Anhor.uz” veb-sayti bosh muharriri
139. Kalbayev Maxsat Galiyevich – Tomdi tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi toʻgarak rahbari, jirov, Navoiy viloyati
140. Qodirova Dilfuza Ismoilovna – Namangan viloyati musiqali drama teatri vokal artisti
141. Qurbonov Gʻolibnazar Isomiddinovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar boʻlimining birinchi toifali muharriri
142. Mavlonov Anvar Gʻaybullayevich – Buxoro viloyati musiqali drama teatri oliy toifali aktyori
143. Mamadaliyev Mamasodiq Rasulovich – Fargʻona shahridagi 3-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻzbek milliy musiqa asboblari ustasi, Fargʻona viloyati
144. Matanov Ikrom Yoʻldoshevich – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali artist-sozandasi
145. Matchonov Ochilbek Yoʻldoshboyevich – Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi anʼanaviy vokal boʻlimi oʻqituvchisi, Xorazm viloyati
146. Moʻminov Davlatmurod Abduxalimovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali bosh muharriri
147. Moʻminov Tolib Teshayevich – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori
148. Murodova Nozima Faxriddinovna – Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori
149. Neʼmatov Komiljon Ibrohimovich – Uychi tumani madaniyat markazi qoshidagi “Tarona” ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Namangan viloyati
150. Nemadaliyev Anvarjon Ahmadaliyevich – Rishton tumani madaniyat markazi qoshidagi “Yosh askiyachilar” maktabi rahbari, Fargʻona viloyati
151. Olimova Yulduzxon Toʻlaxoʻjayevna – “Ozod yurt toʻlqinlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Mening yurtim” telekanali muxbiri
152. Oщyepkova YuliyaIgorevna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
153. Sagatova Shahnoza Mirzarahimovna – ijtimoiy tarmoqlardagi “Bloger Shahnoza” sahifasi bosh muharriri (bloger)
154. Sulaymonov Maʼsudjon Moʻminovich – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Fargʻona viloyati boʻyicha sharhlovchisi
155. Toʻxtayeva Zebo Ismatullayevna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali birinchi toifali muharriri
156. Umarova Anzirat Ochilovna – Samarqand viloyati musiqali drama teatri vokal artisti
157. Oʻrinov Farhod Hamidovich – Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti
158. Fozilova Dilbarxon Shomurodovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti boʻlim mudiri
159. Hojiqulov Ravshan Gʻulomjonovich – Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi namunaviy maqom ansambli badiiy rahbari
160. Haydarova Lobar Turdiyevna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyati bosh muharriri – radio guruhi rahbari
161. Xudoyberdiyev Abror Hakimovich – Oʻzbekiston Milliy universtitetining algebra va funksional analiz kafedrasi professori
162. Husanova Gulnoza Tursunmurodovna – “UzReport TV” telekanali bosh muharriri
163. Sharipov Dilshod Shohidjonovich – “Simple Networking Solutions” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Daryo.uz” internet-nashri muharriri
164. Sheraliyev Gʻayrat Rahmatullayevich – “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati bosh muharriri, Toshkent viloyati
165. Yusupboyev Yoʻldosh Bozorboyevich – “Teleradiokompaniya Zoʻr” masʼuliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Toshkent shahri
166. Yaqubova Odinaxon Ergashevna – Furqat tumani madaniyat markazi qoshidagi “Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Fargʻona viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
27-avgust