Prezident qarori bilan Bitim tasdiqlandi

Ushbu Bitim intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan.
Prezident qarori bilan 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan Bitim tasdiqlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu bitim Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan.
Mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Intellektual mulk agentligi masʼul markaziy organ etib belgilandi.

 

OʻzA