Shveysariyaga amaliy tashrif yakunlandi

60

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi ishtirokini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etib, tadbir doirasida qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.

Amaliy tashrif tugagach, O‘zbekiston Prezidenti Syurix xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.