O‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning soni keskin o‘sib, 11,5 millionga, turizm eksporti esa 4,7 milliard dollarga yetdi

9

So‘nggi yillarda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim va barqaror o‘sib borayotgan strategik tarmog‘iga aylandi.

O‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning soni keskin o‘sib, 11,5 millionga, turizm eksporti esa 4,7 milliard dollarga yetdi.

2030 yilgacha turistlar oqimini 2 karra oshirib, 20 millionga yetkazish reja qilingan. Buning uchun elchilar Turizm qo‘mitasi bilan yangicha yondashuv va tashabbus asosida ishlab, eng yirik autsorsing kompaniyalarni jalb etishi zarurligi qayd etildi.

Bu borada Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Germaniya, AQSHdagi elchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

AQSH, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Rossiya, Fransiya va Xitoy elchixonalarida turizm va madaniyat bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy etiladi. Ushbu davlatlardagi elchilarimiz mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, turizm oqimini 2-3 karra oshirishlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yildan AQSH fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Ushbu mamlakatning 100 mingdan ortiq ishchisi bo‘lgan yirik kompaniyalari bilan faol muzokara olib borib, joriy yil AQSHdan kelayotgan sayyohlar sonini 2 karraga oshirish muhimligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA