Dushanbeda MDH sammitiga qanday tayyorgarlik koʻrilgan?

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida boʻladigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi.

Dushanbeda ushbu sammitga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilgan. Sammitda MDH mamlakatlari oʻrtasida turli sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikning joriy holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Prezidentining Dushanbega tashrifi dasturidan ikki tomonlama qator uchrashuvlar oʻtkazish ham oʻrin olgan.

Ayni paytda Dushanbe koʻchalari bayramona bezatilgan, MDH mamlakatlari bayroqlari shahar koʻrkiga oʻzgacha koʻrk bagʻishlamoqda.

Saytimizda MDHning Dushanbe sammiti, unda davlatimiz rahbarining ishtiroki, tashrif dasturidan oʻrin olgan boshqa tadbirlar, ikki tomonlama uchrashuvlar tafsilotlarini yoritib boramiz.

3.jpg

4.jpg
5.jpg

 

Alouddin Gʻafforov, Muhammad Amin (foto), OʻzA maxsus muxbirlari