“Toshkent” fond birjasi “NASDAQ” bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinadi

124

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “NASDAQ” fond birjasi raisi Adena Fridman bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“NASDAQ” – 30 trillion AQSH dollaridan ortiq aktivlarni boshqaruvchi dunyodagi yetakchi moliya bozori operatorlaridan biri.

“Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi.