30 dan ortiq davlat Ukraina xavfsizligini kafolatlamoqchi

114

Oq uyda bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvlardan so‘ng, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakati va ittifoqchilari “xavfsizlik kafolatlarining aniq mazmuni ustida ishlayotganini” ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa Ukraina bo‘yicha tinchlik bitimidan keyingi xavfsizlikni ta’minlash uchun tayyor turgan davlatlar, ya’ni “Xohlovchilar koalitsiyasi” yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Shu maqsadda London Vashingtonga Mudofaa shtabi boshlig‘i admiral Toni Radakinni ham yubordi.

Ma’lumki, Ukraina uchun eng katta istak – NATO a’zoligi. Bu masala hozircha imkonsiz, jumladan, AQSH yetakchisi Donald Tramp ham bunga qarshi, shuningdek, Slovakiya kabi bir nechta NATO a’zolari ham hozircha jim bo‘lsada, bu tashabbusni unchalik qo‘llab-quvvatlamaydi. Sababi oddiy – bunday qadam Rossiya bilan to‘qnashuv xavfini keskin oshiradi.

Shu bois 30 dan ortiq davlatdan iborat koalitsiya tuzilmoqda. Ularning vazifasi kelgusidagi tinchlik bitimidan keyin Ukrainaga xalqaro kafolat berishdan iborat bo‘ladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA