Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari tafsilotlari

221

– O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘uliston tomonini yaqinlashib kelayotgan Xalq inqilobi kuni bilan ham tabrikladi;

– sog‘liqni saqlash, ta’lim, elektron savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida ilk kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi;

– ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va idoralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi;

– Ulan-Batorda O‘zbekiston mahsulotlarining shourumiga ega savdo uyi ochildi;

– imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlarni qabul qilishni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi;

– Ulan-Batorda O‘zbekiston geologiya vazirligining vakolatxonasi ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi;

– yil yakuniga qadar poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan;

– dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tahlil instituti bilan birgalikda eng qisqa va samarali transport yo‘laklarini aniqlash bo‘yicha amaliy tadqiqotlar o‘tkazish taklifi bildirildi;

– Mo‘g‘uliston yoshlarining O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qayta tiklashga kelishib olindi;

– davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston Prezidentini javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.