Rossiya-Ukraina: inson hayotidan ustun qo‘yilgan manfaatlar…

Donald Tramp Rossiya Prezidentini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Jarayonning davomi o‘laroq, kecha AQSH elchisi Stiv Uitkoff Sankt-Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda BBC yozdi.
Kremlga ko‘ra, uchrashuv to‘rt soatdan ko‘proq davom etgan va asosiy e’tibor “Ukraina kelishuvi jihatlari”ga qaratilgan. Uitkoff va Putinning bu yilgi uchinchi muzokarasini maxsus elchi Kirill Dmitriyev “samarali” deb baholadi.
Tramp esa, rossiyalik hamkasbidan norozilik bildirdi. Juma kuni u ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozdi: “Rossiya harakatlanishi kerak. Dahshatli va ma’nosiz urushda minglab odamlar o‘lib ketmoqda”.
Muzokara oldidan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov “munosabatlarni normallashtirish jarayoni davom etayotgani uchun hozircha yangilik kutishning hojati yo‘q”, degandi.
Musulmon Ziyo, O‘zA