Belbog‘li kurash: O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kichik o‘smirlar o‘rtasida Chirchiq shahrining 90-yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
400 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan mamlakat birinchiligi oldidan dastlab Chirchiq shahar hokimi kubogi uchun kechgan bellashuvlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Shiddatli o‘tgan kurashlar sarhisobiga ko‘ra, Toshkent viloyati vakili Otabek Shavkatov shahar hokimi kubogini qo‘lga kiritdi.

Mamlakat chempionligi uchun ikki kunlik bellashuvlar natijasida o‘z vazn toifalarida Kamron Nosirjonov (Namangan), Daurxan Tursunbayev (Qoraqalpog‘iston), Husan Enverov (Toshkent v.) Iskandar Obidov (Farg‘ona), Azamat O‘rolov (Sirdaryo), Ergashxon Kamolova (Andijon), Shahrizoda Ubaydullayeva (Qashqadaryo), Hilola Faxriddinova (Navoiy) singari sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA