Jidda uchrashuvi – tinchlik sari tashlangan muhim qadam

171

Yaqinda AQSH tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilayotgan ko‘mak to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, razvedka ma’lumoti ham berilmay qo‘ygandi. Kecha Saudiya Arabistoni Jidda shahrida Kiyev bilan muzokara yakunida Qo‘shma Shtatlar yordam berishdagi tanaffusni bekor qildi. Bu haqda  Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts bayonot berdi. Muloqotda Amerika tomonidan davlat kotibi Marko Rubio, Ukrainadan tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham ishtirok etgan.

Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus AQSH uchrashuvdan qoniqish hosil qilganini bildirgan.

Amerika tomoni ta’kidlashicha, Tramp o‘t ochish to‘xtatilishini istaydi, bunga Kiyev ham tayyor. Endi Vashington Moskvadan javob kutyapti. Shuningdek, Ukraina delegatsiyasi mojaroni to‘xtatish uchun aniq qadam va takliflar taqdim etgan. Uolts yaqin kunlarda Rossiya vakillari bilan gaplashmoqchiligini aytgan.

Bloomberg: Зеленский попросит оружие для «плана победы» во время поездки в  SША

Qo‘shma Shtatlar fikricha, Ukrainadagi mojaroning harbiy yechimi yo‘q, urushga faqat muzokara yordamida barham berish mumkin. Shu bois Oq uy Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilishiga umid bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda asirlarni almashish, gumanitar vaziyatni o‘nglash ham jarayonning bir qismi bo‘lishi kerakligiga urg‘u berildi.

AQSH zudlik bilan o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish rejimiga chaqiradi, kelishuv tomonlar roziligi bilan uzaytirilishi mumkin.

Oq uy bayonotida qayd etilishicha, Amerika va Ukraina yetakchilari o‘z hukumatlariga yer osti nodir metallari bo‘yicha kelishuvni imzolash bosqichiga yetkazish yuzasidan ko‘rsatma beradi. Kelishuv muhim ahamiyatga egaligi, biroq eng asosiysi Ukrainada tinchlikka erishish ekani Kiyevga tushuntirilgan.

SША продолжат пyerедаvaть Kiyevу военную помощь, заявил Uolts - 11.03.2025,  ПРАЙМ

Tramp AQSH va Rossiya vakillari “bugun yoki ertaga” uchrashishi, shu hafta Rossiya rahbari bilan suhbat ham rejalashtirilganini e’lon qildi.

– Agar biz Rossiyani ishontira olsak, ajoyib, – dedi Tramp Oq uy hududida jurnalistlarga. – Aks holda, urush davom etadi va odamlar ertaga va keyingi kunlari ham qurbon bo‘laveradi.

Jidda shahrida AQSH va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi natijasini Yevropa Ittifoqi hamda qi’aning Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi yetakchi davlatlari va tuzilmalari ham ijobiy baholamoqda. Mazkur uchrashuv Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan muhim qadam bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

S.Rahimov, O‘zA