Osiyo oʻyinlari - 2018. Oʻzbekiston 8 oʻringa koʻtarilib oldi: Diyorbek Oʻrozboyevdan oltin medal!

Oʻzbekiston dzyudo jamoasi ilk medalni qoʻlga kiritdi.
Turnirga – 60 kg vazn toifasida tashrif buyurgan Diyorbek Oʻrozboyev finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi tatamiga chiqdi.
Bu oltin medal mamlakatimiz termasi sportchilarini umumiy hisobda sakkizinchi oʻringa olib chiqdi.
Birozdan soʻng, oʻzbekistonlik dzyudochilardan yana ikki nafari tatamiga chiqadi. Ular, – 66 kg vazn toifasidagi Shahram Ahadov hamda – 52 kg vazn toifasidagi Gulnoza Ziyayeva bronza medali uchun kurash olib boradi.

 

O’zA