Para velosportchilarimiz Osiyo chempionatida tengsiz
222

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Chempionatning sprint poygalarida Abror Ibraimov (C4), Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) hamda Kamola Nurillayeva (C4) o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, G‘olibbek Mirzayorov (C2) delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim etgan bo‘lsa, Boymurod Yovqochev (C5) bronza medali bilan taqdirlandi.
Osiyo birinchiligining 1 km. masofaga git poygalarida G‘olibbek Mirzayorov (C2), Abror Ibraimov (C4) va Kamola Nurillayeva oltin, Azizxo‘ja Olimxo‘jayev kumush (C2), Azimbek Abdullayev esa bronza (C5) medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA