Tokio 2040 yilgacha qayta tiklanadigan energiya ulushini 50 foizga yetkazmoqchi

Yaponiya hukumati 2040 yil mamlakat energetika muvozanatida qayta tiklanadigan energiya manbalari hissasini 40-50 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar tarqatgan.
Bunday natijaga erishish uchun energiyaning samaradorligi, chidamliligi kabi muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha muqobil vositalardan, shuningdek shamol elektr stansiyalaridan ustun bo‘lgan egiluvchan quyosh panellaridan foydalanish talab etiladi.
15 yildan so‘ng, hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan energetika rejasi loyihasiga ko‘ra, umumiy ehtiyojning qariyb 20 foizini atom energetikasi, 30-40 foizini esa issiqlik elektr stansiyalari qoplaydi.
Amaldagi rejada esa 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiya 36-38, atom elektr stansiyalari 20-22, issiqlik elektr stansiyalari 41, vodorod va ammiak 1 foizni tashkil qilishi belgilangan.