Olimpiya o‘yinlaridagi tariximiz faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani ko‘rsatib o‘tildi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Los-Anjeles – 2028” Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barcha qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.
Olimpiya o‘yinlaridagi tariximiz faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oxirgi Olimpiadada faqat 5 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va erkin kurash bo‘yicha medal qo‘lga kiritilgan.
Sport federatsiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.
Viloyat, tuman, mahallaga borganda, sportchi va trenerlar bilan uchrashish, ularning muammosini hal qilish, xorijiy yoki xalqaro federatsiyalar rahbarlari bilan hamkorlik qilish, sportchi va murabbiylarni o‘quv mashg‘ulotlariga yuborish ishlari sustligi tanqid qilindi.
O‘zA