Bojxonachilar futbol maydonida

177

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan minifutbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi bojxona postlari hamda boshqarma apparati xodimlaridan saralangan 5 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yin natijalariga ko‘ra boshqarma apparatining “Boshqarma 3” jamoasi sovrinli birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Boshqarma 1” jamoasi ikkinchi, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib, ularga bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri