Boks: O‘zbekiston chempionatining dastlabki finalchilari ma’lum

Poytaxtimizda joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining yarim final bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqichda Farzona Fozilov, Robiya Baxtiyorova, Sabina Boboqulova, Gulsevar G‘aniyeva, Feruza Kazakova, Zilola Yusupova, Aziza Yoqubova, Muxlisa Xushvaqtova, Nigina O‘ktamova, Xumorabonu Mamajonova, Sitora Turdibekova, Rashida Tagirova, Dilfuza Bekova, Odinaxon Ismoilova, Navbahor Hamidova, Aysanem Sarvarova, Oisha Toirova, Mavluda Mavlonova, Aziza Zokirova, Aziza Usmonova, Sohiba Ro‘zmetova, Mashhura Soliboyeva, Oltinoy Sotimboyeva hamda Diyoraxon Abdumannopova o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozondi va mamlakat chempionligi uchun kurashadigan bo‘ldi.

Yarim final bosqichida mag‘lub bo‘lgan bokschi qizlar esa O‘zbekiston chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun, 27 yanvar kuni mamlakat birinchiligining erkaklar o‘rtasida 12 ta vazn toifasida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA