Britaniya investitsiya uchun AQSHdan keyin ikkinchi davlat

191

Yaqinda “PwC” konsalting kompaniyasi tomonidan dunyodagi eng yirik korxonalar yetakchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan yillik so‘rov natijasi e’lon qilindi.

Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi boshlanishi arafasida 109 mamlakatdan kelgan 5000 ga yaqin biznes jamoasi rahbarlari Buyuk Britaniyani Xitoy, Germaniya va Hindistondan yuqoriga, ikkinchi o‘ringa qo‘ygan.

Qirollik 28 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etib, so‘nggi oylardagi iqtisod bilan bog‘liq ba’zi xavotirlar asossizligini ko‘rsatdi.

O‘tgan hafta Xalqaro valyuta jamg‘armasi investitsiya xarajati o‘sishi, uy xo‘jaliklari moliyasi yaxshilanishi va Angliya banki pasaytirishi kutilayotgan qator foiz stavkalari tufayli Buyuk Britaniyaning joriy yildagi iqtisodiy o‘sish bashorati avvalgi 1,5 foizdan 1,6 foizga ko‘tariladi, degan xulosaga keldi.