Bundan buyon ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Oxirgi uch yilda jismoniy shaxslar ko‘p qavatli uy qurish uchun auksiondan 47 gektar yer sotib olgan, lekin aksariyatida qurilish boshlanmagan.
Qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida bundan buyon ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishi belgilandi.
Hozirda 14 ming 775 ta ko‘p qavatli uylarga tutash yer mulkdorga biriktirilmagani uchun boshqaruv-servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan hududlar chegarasi aniq emas.
Mutasaddilarga bu uylarga tutash yerlar chegarasini belgilash va egasiga biriktirish topshirildi.
Developerlar uyni topshirishdan oldin servis kompaniyalari bilan shartnoma tuzishini, ularni o‘qitishni tashkil etishini, qurilish xarajatlarining 2 foizini uy atrofida yashil hudud yaratishga yo‘naltirishini qonun bilan mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
O‘zA