Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘tgan yilda yangi yondashuv asosida 12 ta texnopark xorijiy korxonalar boshqaruviga berildi. Ushbu hududlarda 2,5 milliard dollarlik 27 ta loyiha joylashtirildi.

Bunday texnoparklar Turkiya kompaniyalari bilan Zangiotada, Tatariston bilan Karmanada, Xitoy bilan Andijon, Karmana tumanlari, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Qo‘qon va Toshkent shahrida tashkil qilinmoqda.

Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning bo‘sh hududlarida texnopark tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

O‘zA