O‘zbekiston milliy terma jamoasining iqtidorli futbolchilaridan biri Abduqodir Husanov APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbek futbolchisiga aylanadi.
Gap shundaki, taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano o‘zbek futboli uchun tarixiy transferni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra,
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi aniq bo‘ldi.
Transfer narxi 40 million yevro hamda bonuslarni tashkil qiladi. “Lans” “MS” bergan taklifni qabul qildi va tibbiy ko‘rik uchun ruxsat berdi. Tibbiy ko‘rik bir necha kun ichida o‘tkaziladi. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 2029 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot o‘rnida: Abduqodir Husanovning transferi o‘zbek futbolida mutlaq rekord bo‘ladi. Manchesterliklar iste’dod sohibi uchun 50 million yevro ajratadi.
Bungacha eng yirik transfer Eldor Shomurodov bilan bog‘liq bo‘lgan edi. U 2021 yilning yozida “Jenoa” dan “Roma”ga 19,6 million yevro evaziga o‘tgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA