AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kanadani mamlakatning 51-shtatiga aylantirish haqidagi shov-shuvli taklifi asnosida ikki davlat aks ettirilgan xaritani chop etdi.

“Oh, Kanada!” – deya siyosatchi imzo chekkan birinchi xaritada Kanada hududi AQSH bilan birga Amerika bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan.

Ikkinchi xaritada Kanada shtatlar bilan bir xil rang olgan, qora harflarda “Amerika Qo‘shma Shtatlari” so‘zlari yozilgan. Suratda yana bir qo‘shni yurt – Meksika boshqa rangda belgilangan.

Tramp avvalroq Bosh vazir Jastin Tryudoning iste’foga chiqish niyati haqidagi bayonotiga javoban, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish taklifini kiritgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat birlashsa, savdo tarifi bekor qilinadi, soliq pasayadi, Ottavani o‘rab turgan Rossiya va Xitoy kemalari orqali keladigan taxminiy tahdidlardan to‘liq himoya kafolatlanadi.

Tramp новости - новый президент предложил Кaнaде войти в состaв SША после отстaвки Tryudo — УНИАН

Tryudo mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi ehtimolini qat’iyan rad etib, bu mutlaqo mumkin emasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, har ikki mamlakat ishchilari va jamoalari o‘zaro savdo va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikdan foyda ko‘radi.

Tramp niyatiga yetish uchun kuch ishlatishdan ham qaytmaydiganga o‘xshaydi, chunki seshanba kuni u Grenlandiya va Panama kanalini nazorat qilish uchun harbiy kuch ishlatmaslikka va’da berishdan bosh tortdi. Shuningdek, Panama hukumati bilan Panama kanali masalasini hozirdanoq muhokama qilayotgani, ushbu suv yo‘lini AQSH nazoratiga qaytarish niyatidaligini ham ma’lum qilgan.

Trampni tadbirkor Ilon Mask ikki qo‘lini ko‘tarib qo‘llab-quvvatlayapti. “Agar Grenlandiya aholisi Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirmoqchi bo‘lsa, bu fikr mamnuniyat bilan qabul qilinadi”, degan milliarder.

В Кaнaде прокомментироvaли шuтки Trampa о стрaне кaк "51-й штaт" | Комментaрии Укрaинa

Bir necha kun oldin Trampning o‘g‘li – kichik Donald Grenlandiyaga bordi. Uning orolga kelishi shaxsiy tashabbus bo‘lsa-da, safar otasining Vashington orolga egalik qilishi “mutlaq zarurat” mazmunidagi da’vosi asnosida kechgani mazkur masala atrofidagi shov-shuv yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi.

– Grenlandiya go‘zal!!! – deb yozgan u o‘z ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Tramp ushbu rejasini amalga oshirishga yaqin kunlarda jiddiy kirishadiganga o‘xshaydi. Yaqinda u Kanada va Meksikadan import qilinadigan mahsulotlarga yuqori tariflar joriy qilmoqchiligini ma’lum qildi.

– Meksika va Kanadaga juda jiddiy boj tarifi joriy etish niyatidamiz, – dedi u Mar-a-Lagodagi qarorgohida so‘zlagan nutqida. – Ushbu ikki qo‘shni davlat hududi orqali AQSHga oqib kelayotgan giyohvand moddalar hajmi rekord darajada oshgan. Ushbu muammoni sezilarli boj orqali hal etamiz.

Tramp avval ham giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish masalasini bir necha bor ko‘targan. Shu asnoda qo‘shni davlatlar bilan savdo sharoiti kuchaytirilishi zarurligini ham aytgan.

S.Rahimov, O‘zA