“Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

2025-2026 o‘quv yilidan, sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi. Sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi.

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, I.Ismatov, O‘zA