Saylovda g‘alaba qozongan AQSH Prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytishi Katta yettilik (G7) mamlakatlarida siyosiy beqarorlik muhitini yaratishi ehtimoli mavjud, deb yozdi “Financial Times” sharhlovchisi Gideon Rahmon.

Jurnalist ta’kidlashicha, yangi yetakchi va tadbirkor Ilon Mask ittifoqchilari hukumatlarga yordam berish emas, balki “og‘riq keltirishdan” zavqlanadiganga o‘xshaydi.

“Respublikachilarga, ayniqsa, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, Germaniya Kansleri Olaf Shols va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer kabi yetakchilarning jig‘iga tegish yoqadi”, deb yozgan Rahmon.

2017-2021 yillarda ham Amerikani boshqargan Donald Tramp AQSHda XIX asrdan buyon to‘rt yillik tanaffusdan keyin oliy lavozimga qaytgan birinchi siyosatchi hisoblanadi. 17 dekabr kuni u saylovchilar kollegiyasidan g‘alaba uchun zarur miqdorda ovoz oldi, endi 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimini kutyapti.

Avvalgi davrida Tramp Isroilga xayrixoh siyosat olib borgan. Masalan, yahudiy davlatining Quddus va Jo‘lon tepaliklari ustidan suverenitetini tan olgan, G‘arbiy Sohilga nisbatan “bosqin” atamasini muomaladan olib tashlagan va Isroilning turar-joylar qurish faoliyati tanqid qilinishini to‘xtatgan edi.

O‘sha paytlar hech bir davlat Tramp siyosatini ma’qullamagan.

S.Rahimov, O‘zA