Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev Nukus tumanining “Qutanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘ziga biriktirilgan xonadonlarda bo‘ldi.
Amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, xonadon egalarining yangi yil oldi kayfiyati bilan tanishib, muammolari tinglandi. Ushbu xonadon a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida parrandachilikni yo‘lga qo‘yish, tomorqadan unumli foydalanishlariga ham ko‘maklashilgan.
Mazkur uylarining tomlari ta’mirlanib, isitish tizimlari to‘liq yangidan o‘rnatilib, xonadon sovuq kunlarni betalafot o‘tkazishga shay holatga keltirilgan.
Shuningdek, prokuratura tomonidan qurilish sohasida Davlat dasturlari ijrosi ahvoli ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining sohaviy o‘rinbosari tomonidan Beruniy va To‘rtko‘l tumanlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, tasdiqlangan tarmoq jadvallarining ijrosi o‘rganildi.
Mas’ullarga ob’ektlarni o‘z muddatida va sifatli topshirish, byudjet mablag‘larini talon-toroj etilishini oldini olish, o‘quv muassasalarini qurilishini pudratchilar tomonidan ishchi kuchi va maxsus texnikalar sonini ko‘paytirish orqali jadallashtirish, ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri