AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp jamoasi Yevropa rasmiylariga yangi ma’muriyat NATO a’zolaridan mudofaa xarajatini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishni talab qilishini ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi “Financial Times” gazetasi.
Tramp mudofaa xarajatini 3,5 foiz oshirishga rozi. Ushbu masalani o‘zaro savdoda qulay shartlar taklifi bilan bog‘lash rejalashtirilgan.
NATO davlatlari 2023 yil Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitda YAIMning kamida 2 foizini mudofaaga sarflash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni dam 32 a’zo davlatdan 23 tasida u miqdor 2 foiz.
AQSH yetakchisi Yevropani ittifoqchilar mudofaa qobiliyatiga kam hissa qo‘shayotgani uchun bir necha bor tanqid qilgan. Agar yevropalik hamkorlar o‘z xavfsizligi uchun salmoqliroq moliyaviy javobgarlikni zimmasiga olmasa, Qo‘shma Shtatlar tashkilot tarkibidan chiqishi bilan tahdid qilgan.
S.Rahimov, O‘zA