Rossiya Federatsiyasi yetakchisi Vladimir Putin va Amerika Qo‘shma Shtatlarining saylangan Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi aloqalar avval ancha yaxshi edi. Ko‘pincha ularning fikri, deyarli, bir joydan chiqardi. Amerikada o‘tgan bu yilgi saylovdan keyin vaziyat biroz o‘zgargandek.

Rossiya rahbari payshanba kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida Moskva Suriyadagi missiyasini tugatgani, Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Vashingtonda kutilayotgan keskin o‘zgarishlarga ishora o‘laroq bosh irg‘ab, Tramp bilan to‘rt yildan beri gaplashmagani, shunga qaramay, yangi ma’muriyat ishtirokida Kiyev bilan mojaroni o‘zaro kelishuv yordamida tugatish uchun muzokaraga “tayyor”ligini ma’lum qildi.

– Tramp bilan uchrashganda qanday taklif bildirishim mumkinligini so‘radingiz, – dedi u NBC muxbiri Key Simmonsning savoliga javoban. – Birinchidan, qachon yuzma-yuz gaplashishimizni bilmayman, chunki bu haqda AQSH tomoni hech narsa demagan. Men har qanday vaziyatda suhbatga tayyorman. Agar Tramp xohlasa, uchrashuvga roziman.

Musulmon Ziyo, O‘zA