Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot davom etmoqda.
Qayd etilganidek, yirik davlat kompaniyalari transformatsiyadan o‘tib, tashqi moliya bozoriga chiqmoqda.
Endi tadbirkorlar ham banklar beradigan kredit bilan cheklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga moslashib, chetdan mustaqil resurs jalb qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Eng muhimi, xalqaro moliya tashkilotlari bu borada yaqindan hamkorlik qilishga tayyor turibdi.
Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd etildi.
Bu orqali kelgusi yilning o‘zida kamida 100 ta mahalliy kompaniya xalqaro moliya bozorlari bilan ishlashga o‘rgatiladi.
O‘zA