Tailand 2025yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatga kirish uchun elektron viza tizimiga (e-visa) o‘tadi.
– Mazkur viza tizimi Tailandning barcha 94 ta elchixonasi va bosh konsulliklarida ishlaydi, -dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Marit Sangemphong matbuot anjumanida. – Bu vizani olish bilan bog‘liq barcha harakatlar, shu jumladan hujjatlarni to‘ldirish kunning istalgan vaqtida va dunyoning istalgan nuqtasida onlayn tarzda amalga oshirilishini anglatadi.
Shuningdek, vazir viza smartfon, planshet yoki kompyuterga yuklab olinadigan va o‘lkaga kirishda pasport nazorati paytida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan rasm fayli ko‘rinishida bo‘lishini aytgan.
– Buning uchun veb-saytga kirib, kerakli hujjatlarning skanerini ilova qilgan holda anketani to‘ldirishingiz va topshirishingiz kerak bo‘ladi, -degan u.
Tailand TIV rahbarining qayd etishicha, tizim ilg‘or axborot texnologiyalari asosida qurilgan bo‘lib, u tezkorlik bilan rasmiylashtirilishi va vizalar berilishini, shuningdek, xavfsizlik va zarur immigratsiya nazoratini ta’minlaydi.
– Elektron vizaga o‘tish Tailandga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolari sonining doimiy ortishiga olib kelishi shubhasiz, -deya xulosa qildi u.
S.Rahimov, O‘zA