Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning 2024 yilgi so‘nggi yangilangan reytingini e’lon qildi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oydagi 58-o‘rinda qayd etildi. Osiyo qit’asida eng yaxshi ko‘rsatkich Yaponiya terma jamoasiga tegishli. Kunchiqar yurt vakillari 15-pog‘onani band etgan bo‘lsa, keyingi qatorlardan Eron (18), Koreya Respublikasi (23), Avstraliya (26), Qatar (48) va Iroq (56) jamoalari joy egalladi. Osiyo milliy terma jamoalari orasida O‘zbekiston 7-o‘rinni band etdi.

FIFAning top-10 reytingida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hamon yetakchi. Fransiya va Ispaniya terma jamoalari kuchli uchlikka yakun yasagan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA