Sayyoramizdagi eng katta muz qoyasi (iceberg) “A23a” Antarktidada ulkan girdobdan chiqib, harakatlana boshladi. “BBC”ning yozishicha, mazkur ulkan muz qoyasi shimolga qarab siljimoqda.
– “A23a” yana harakatlanayotganini ko‘rish mumkin, – deydi Britaniya Antarktika tadqiqoti (BAS) okeanografi Endryu Mers. – Biz uning Antarktidadan uzilib qolgan boshqa yirik aysberglar bilan bir xil yo‘nalish bo‘ylab ketayotganini bilishga qiziqamiz va bu holat mahalliy ekotizimga qanday ta’sir qilishi muhim.
Ushbu ulkan muz qoyasi Londondan ikki baravar katta va og‘irligi deyarli 1 trillion tonnani tashkil etadi. Uning sirt maydoni taxminan 4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi va uning qalinligi taxminan 400 metr atrofida.
G.Sattorova, O‘zA