Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024 yil 15 dekabrdan 2025 yil 12 yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar ko‘paytiriladi.

Xususan, “Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024 yil 17 dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024 yil 15 dekabrdan boshlab “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024 yil 20 dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA