Bilim va malakalarni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi. Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan 68 nafar talabgorning 64 nafari ishtirok etdi.
Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi. Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi. Prezident stipendiyasini har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasi olishi mumkin.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA